
Asqad Muxtor (1920–1997) — atoqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi, dramaturgi va tarjimoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. U 1920-yil 23-dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Asqad Muxtor o‘zbek adabiyotiga she’riyati, qissa va romanlari bilan katta hissa qo‘shgan. Uning mashhur asarlari qatoriga «Opa-singillar», «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor» va «Amu» kiradi. Shuningdek, u jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
“«Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam, balki buyuk odam bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.»”
— Asqad Muxtor
4
ta kitob