
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952–2015) — buyuk islom olimi, mufassir, muhaddis, faqih va ma’rifatparvar alloma. U 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi, Toshkent Islom oliy ma’hadi va Liviyadagi Islomiy da’vat fakultetida tahsil olgan. 1989–1993-yillarda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi va muftiy bo‘lib faoliyat yuritgan. U «Tafsiri Hilol», «Hadis va hayot», «Imon», «Ruhiy tarbiya» kabi ko‘plab asarlar muallifi bo‘lib, islom ilmlariga oid yuzdan ortiq kitob va tarjimalar yaratgan.
“«Ilm — insonni jaholatdan, zulmatdan nurga olib chiqadigan eng buyuk ne’matdir.»”
— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Kitoblar topilmadi